Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoşidagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş fondi hamda "Raqamli işonç" fondi örtasida hamkorlik qilişga doir memorandum imzolandi. Hujjatga muvofiq, ikki idora madaniyat sohasiga blokçeyn texnologiyalarini tatbiq qiliş yölida hamkorlik qilişga kelişib olişdi.

Madaniyat va san'atni rivojlantiriş fondi öz faoliyati şaffofligi va monitoringi uçun yagona onlayn-platformaga muhtoj. Bugunga kelib teatrlar va boşqa davlat köngiloçar muassasalari işlovçi texnologiyalar va tizimlar eskirgan.
"Biz uçun maqsadli auditoriya - muzeylar, teatrlar, konsertlarga taşrif buyuruvçilarni biliş juda muhim. Biz şu kabi ma'lumotlarga ega bölib, monitoring yuritişimiz zarur, biroq hozirça bunday imkoniyat yöq. Blokçeyn şunday ma'lumotlarni töplaşga yordam berib, ularni manipulyatsiya qiliş imkonini yöqqa çiqaradi. Çiptalarni onlayn-rejimda sotiş yakuniy iste'molçiga köproq ustunlik beradi va madaniyat hamda turizm sohalariga ijobiy ta'sir körsatadi. Eng muhimi, monopoliyaga yöl qöyilmaydi: tizim barça manfaatdor kompaniyalar mazkur platformada işlaş imkoniga ega bölişiga möljallab işlab çiqiladi", - deydi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş fondi ijroçi direktori örinbosari Gayane Umerova.
"Raqamli işonç"ning vazifasi platformani işlab çiqiş va uni tatbiq qilişda maslahat beriş, texnik topşiriqni tuzişga kömak berişdan iborat.
"Fondning roli texnik topşiriqni töğri tuziş, konsalting, tavsiyalar berişdan iborat. Bunda platforma yaratiş uçun blokçeyn texnologiyalarni tatbiq qiliş jarayoni bosqiçma-bosqiç keçadi. Şuningdek biz biznes-jarayonlar auditini işlab çiqiş uçun mas'ulmiz. Buning natijasida Çipta operatsiyalarini hisobga olişning yagona elektron tizimi (ÇOHYaET) yaratiladi. Bu onlayn-platforma orqali odamlar teatrlar, muzeylar, hayvonot boği, kinoteatrlar va boşqa davlat köngiloçar muassasalariga onlayn rejimda çiptalarni xarid qiliş imkonini beradi", - deya izoh beradi "Raqamli işonç" fondining texnologiyalar böyiça investitsion direktori Bobur Oqilxonov.
Tomonlar quyidagi asosiy yönalişlar böyiça hamkorlik qiladi:
- Çipta operatsiyalarini hisobga olişning yagona elektron tizimini işlab çiqiş;
- Ilmiy materiallarni hamkorlikda tayyorlaş;












