Davlat kadastr idoralarida tovlamaçilikka yöl qöymaslik, köçmas mulk bilan işlaydigan xizmatçilar va mulk egalarining hisob yozuvlariga noqonuniy özgartirişlar kiritişlariga imkon qoldirmaslik maqsadida blokçeyn texnologiyasidan foydalanilmoqda, deb xabar bermoqda Innovatsion rivojlaniş vazirligi axborot xizmati.
15 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi hamda BMT taraqqiyot dasturining Innovatsiya va boşqaruv yeçimlari laboratoriyasida köçmas mulkni röyxatdan ötkaziş va attestatlarni tekşiriş böyiça xizmatlar transformatsiyasi misolida davlat xizmatlarini körsatiş sohasiga blokçeyn texnologiyasini joriy etiş imkoniyatlari borasida davra suhbati bölib ötdi.
Unda BMT Taraqqiyot dasturining «Davlat boşqaruvini samarali rivojlantiriş va raqamli transformatsiyaga kömaklaşiş» loyihasining milliy konsultanti Bunyod Hoşimxöjayev davlat sektorida korrupsiyani bartaraf etişda blokçeynlarning ahamiyati haqida gapirib ötdi.

Boş prokuratura ma'lumotiga köra, , 2018 yilda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Davra suhbatida mansabdor şaxslarning korrupsiya bilan şuğullanişlariga imkoniyat tuğdirmaydigan tizim yaratilişi lozimligi alohida qayd etildi. Davlat xizmatlarini takomillaştiriş, davlat muassasalarining şaffofligi va hisobdorligini ta'minlaş maqsadida davlat tranzaksiyalariga blokçeyn tizimini integratsiya qilişni davom ettiriş lozimligiga e'tibor qaratilayotgani aytildi.
Ma'lumot uçun, blokçeyn — aniq qoidalar asosida töxtovsiz va ketma-ketlikda tuzilgan, ma'lumot taşuvçi bloklar zanjiri. Odatda bloklar zanjiri bir-biridan mustaqil kompyuterlarda saqlanadigan nusxalar bilan boğlanadi.













