Tailandda it ulkan piton uçun tuşlikka aylanişiga bir baxya qoldi. Böğma ilon öz qurbonini iskanjaga olib böğa boşlagan paytda bir neça kişi unga tayoqlar bilan taşlanişdi. Deyarli tört daqiqa davom etgan qutqaruv operatsiyasi lavhasi YouTube’da joylaştirilgan.
Erkaklardan biri tayoq bilan ilonni uradi, ikkinçisi esa itni uning iskanjasidan qutqarişga urinadi.
Ammo faqat tayoqlar yordamida itni qutqarişning imkoni bölmaydi. Şunda erkaklardan biri ilonning dumidan uşlab torta boşlaydi va bu iş beradi.
It ilondan xalos böladi. Maqsadiga yetolmagan piton esa örmon tomon sudralib ketgan.











