Qozoğistonda 6 iyulda davlat bayrami – Poytaxt kuni keng nişonlanadi. Joriy yilda Ostona 20 yilligini nişonlaydi.
1998 yil 10 iyulda Ostonaning Qozoğistonning yangi poytaxti sifatidagi xalqaro taqdimoti bölib ötgan. Bayram 2008 yilgaça şahar darajasida aynan şu kuni nişonlab kelingan. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev şu yili qonunçilikka 6 iyulni “Poytaxt kuni” davlat bayrami sifatida nişonlanişi közda tutilgan özgartirişlar kiritgan.
Şuningdek, 6 iyul Nursulton Nazarboyevning tuğilgan kuni bölib, bu yil Elbasi 78 yoşini qarşilaydi.
Poytaxtning yubileyiga tayyorlaniş davomida Qozoğistonda “Viloyatlar Ostonaga tuhfa sifatida” dasturi amalga oşirilgan. Bu dastur doirasida viloyatlar Ostonadagi turli obektlar qurilişi va rekonstruksiyasida iştirok etgan. Misol uçun, Ostonaga yangi bolalar boğçasi, sport-köngiloçar boği, Yesil daryosi orqali velopiyoda köprigi, musiqiy favvora, piyodalar xiyobonlari, döstlik uyi va boşqa obektlar tuhfa qilingan.
Qozoğiston prezidenti Ostonaning 20 yilligi nişonlanişiga 4 iyulda “Atameken” yodgorlik majmuasida Qozoğiston bayroğini kötariş bilan start berdi. Nazarboyev tantanali nutqida Ostonani bugun butun dunyo bilişini ta'kidlab ötgan.
“Moviy bayroq ostida bugun biz poytaxtning 20 yilligiga bağişlangan tadbirlarga start beramiz. 20 yil tarix uçun göyoki bir lahzadek. Ostona daştda ikki asr tutaşuvi vaqtida qurilgan yer yuzidagi yagona şahardir”, deb aytgan Nazarboyev.
Şu kuni Ostona va butun Qozoğiston böylab “Poytaxt kuni”ga bağişlangan turli madaniy tadbirlar, konsertlar, sport bellaşuvlari, san'at festivallari, fotosuratlar tanlovlari bölib ötadi.
Ostona poytaxt maqomini 1994 yil 6 iyulda, Qozoğiston oliy kengaşi poytaxtni Olmaotadan Oqmolaga (Ostonaning avvalgi nomi) köçirişga qaror qilganda olgan. Rasman poytaxt 1997 yil 10 dekabrda köçirilgan, 1998 yil 6 mayda esa Oqmola Ostona deb qayta nomlangan.












