Jahon çempionati. 1/4 final. 6 iyul. BRAZILIYa – BeLGIYa. 23.00 (Toşkent)

Juma oqşomida jahon çempionatining ikki asosiy favoriti Braziliya va Belgiya terma jamoalari yarim final yöllanmasi uçun özaro kuç sinaşadi. «Tribuna» uşbu qarama-qarşilikda terma jamoalarning imkoniyatlariga baho beradi.

Qaysi hujum çiziği kuçliroq?

Foto: Reuters

Romelu Lukaku, Eden Azar, Kevin De Bryuyne, Dris Mertens törtligi Neymar, Gabriel Jyezus, Koutino va Villian törtligiga qarşi. Bu törtliklar jangi jahon çempionati finalini bezagan bölardi. Turnirda bunday darajadagi yulduzlar qarama-qarşiligini boşqa uçratmaymiz.

Belgiya – turnirning eng sermahsul terma jamoasi bölib turibdi. «Qizil iblislar» ötgan 4 öyinda ham ğalaba qozonib, jami 12 gol urişdi. 4 öyinda ham ğalaba qozonişni faqat Urugvay uddalagan, ammo janubiy amerikaliklar 5ta kam gol urişgan.

Belgiya terma jamoasi himoyaçisi Vensan Kompanining hisoblaşiça, «qizil iblislar» faqatgina futbolçilarning individual imkoniyatlariga işonç bildirişi töğri bölmaydi. «Biz kamikadzelar» emasmiz. Agar bir butun jamoa bölib harakatlanmasak, bizda ğalaba qozoniş imkoni bölmaydi», degan 32 yoşli futbolçi.

Braziliyaliklarning hujum törtligi ança vaqtdan buyon birgalikda, butun bir mexanizm bölib harakat qilmoqda. Bu törtlikda faqatgina Neymar özining individual mahoratini namoyiş etişga urinib, alohida ajralib qolişi mumkin. Ammo u oxirgi öyinlarda asosan jamoa öyini uçun qayğurdi.

Himoya masalasiga kelsak, Belgiya top-terma jamoalarga xos bölmagan tarzda köp gol ötkazib yubormoqda, Kurtua darvozasi oldida köplab golli vaziyatlar yaratilişiga yöl qöyib berilmoqda. Rossiyadagi turnirda belgiyaliklar darvozasiga şu vaqtgaça 4 gol urib bölişdi. Braziliya esa bu turnirda himoyada deyarli bexato harakat qilmoqda, Tite jamoasi turnirning himoyada eng kam qöpollik işlatgan terma jamoasi bölib turibdi, qolaversa bu jamoa darvozasi tomon eng kam zarba berilgan. Bir söz bilan aytganda, Braziliya himoyasi - metin devor. Statistikaga qaraydigan bölsak, Tiago Silva va Miranda juftligi ötgan 4 öyinda jami bölib 7 fol işlatgan, belgiyalik himoyaçilarda esa bu körsatkiç 14 folga teng.

Tarkib emas, taktika birlamçi