Germaniyaning Rostok şahrida elektr sim ustida ötirgan quş sababli yirik yonğin yuz berdi. Elektr tarmoğida yuz bergan qisqa tutaşuv sababli quş yonib ketgan va ostida joylaşgan ekin maydoniga tuşgan. Bu haqda Bild naşri xabar bemoqda.
Quruq havo sababli olov tezda yoyilib, qöşni dalaga ötgan va buning natijasida deyarli 7 gektar maydon olov içida qolgan. Yonğinni öçirişga 50 dan köproq öt öçiruvçi jalb qilingan.
Yonğinga quş sabab bölganini politsiyaga guvohlar ma'lum qilişgan.
Rostok Germaniya şimoli-şarqida joylaşgan bölib, oxirgi oylarda mahalliy fermerlar hududda uzoq vaqtdan beri yoğingarçilik bölmayotgani sababli yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan bir neça marta arz qilişgan.












