Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrifi davomida Janubiy Qozoğiston viloyatida Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan uçraşdi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi prezidenti rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Uçraşuv davomida Özbekiston rahbarining Qozoğistonga mart oyidagi taşrifi davomida ikki mamlakat örtasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari muhokama etildi.

Qozoğiston Prezidentining ta'kidlaşiça, avvalgi uçraşuvdan söng ikki mamlakat örtasida tadbirkorlik sohasida faollik kuzatilmoqda.

Foto: Akorda.kz

- Joriy yilning birinçi çoragida iqtisodiyotning turli sohalarida özaro munosabatlar darajasi oşgani kuzatilmoqda. Transport-logistika sohasi, avtosanoat, şuningdek keng kölamli masalalar böyiça mintaqaviy hamkorlikni alohida ta'kidlab ötiş joiz. 2017 yilning ilk uç oyi davomida tovar ayirboşlaş hajmi 37 foizga oşdi, - dedi Nursulton Nazarboyev.

Öz navbatida, Şavkat Mirziyoyev ikki tomonlama uçraşuvlarning köpayişi davlatlararo munosabatlar samarasiga töğridan-töğri ta'sir etişiga e'tibor qaratdi.

- Mening mart oyidagi taşrifimdan söng biz qöşma faoliyatning barça yönalişlari böyiça Yöl xaritasini qabul qildik. Vazirlar, hokimlar darajasidagi uçraşuvlar köpaydi, - deya ta'kidlab ötgan Özbekiston rahbari.

Foto: Akorda.kz

Özbekiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga Rossiya Federatsiyasidan neft taşiş masalasida körsatilgan kömak uçun minnatdorlik bildirgan.

Yakunda ikki davlat rahbarlari Qozoğiston-Özbekiston hamkorligining ijobiy dinamikasi saqlanişi va yanada rivojlanişiga işonç bildirişdi.