Geologik qidiruv işlariga sarmoyalar kiritilişining kamayişi neft narxining keskin, ehtimol bir barreli uçun 150 dollargaça kötarilişiga olib kelişi mumkin. Buning yuz berişi mumkinligiga Sanford C.Bernstein & Co kompaniyasi mutaxassislari yöl qöyişmoqda, deb xabar bermoqda Bloobmerg.
Oxirgi yillarda jahon bozorida neft taklifi ortib ketgani sababli neft qazib oliş sanoatining “yetarliça moliyalaştirilmaganligi” yuzaga kelgan va geologik qidiruv işlari eng past darajagaça tuşib ketgan.
“Sarmoya kiritilişini qisqartiriş va dividendlar oşirilişiga erişmoqçi bölgan neft kompaniyalari boşqaruvçilari neft sanoatining yetarliça moliyalaştirilmaganidan puşaymon yeyişlari mumkin. Neftning jahon bozoriga yetkazilişining har qanday qisqartirilişi narxlarning öta qimmatlaşişiga olib keladi. Ehtimol neft narxi 2008 yil bir barreli 150 dollarga yaqin bölgandagidan ham oşişi mumkin”, deb aytganlar mutaxassislar.
6 iyulda Brent navidagi neft narxi 76,78 dollarni taşkil qilgan. 2017 yil davomida uning narxi deyarli 60 foizga oşgan.












