«Yuventus» klubining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon Fransiyaning «PSJ» klubiga ötdi.

40 yoşli posbon parijliklar bilan 1+1 körinişidagi şartnomani imzoladi.

Avvalroq, uning «PSJ» klubidagi maoşi yiliga 8 million yevro plyus turli bonuslardan iborat bölişi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ötgan haftada Buffon 17 yil davomida şarafini himoya qilgan «Yuventus» bilan xayrlaşdi.