«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu «Yuventus»ga ötişi murakkablaşmoqda. 

La Stampa xabariga köra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres portugaliyalik futbolçi uçun 150 million yevro söramoqda. Bundan taşqari, 130 million yevrodan kam bölgan takliflar körib çiqilmaydi.

Avvalroq, Turin klubi Ronalduni 100 million yevroga sotib olişi, transfer 7 iyul kuni e'lon qilinişi haqida xabarlar tarqalgan edi. «Yuventus» klubining sobiq rahbari Luçano Modji esa Ronalduni Turin klubi bilan şartnoma imzolaganini aytgan edi.

Italiya naşrlari esa bu futbolçining Italiyaga kelişidan şubhalana boşlaşgan, xuddi şu vaqtda «Mançester Yunayted» portugaliyalik yulduz uçun da'vogar bölib çiqqan.

Ayni vaqtda 33 yoşda bölgan Ronaldu «Real» safida 2009 yildan buyon töp surib keladi. Uning «Qirollik klubi» bilan amaldagi şartnomasi 2021 yilgaça tuzilgan.