Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada sel yomg‘irlari natijasida 70 kishi halok bo‘ldi
Yaponiyaga kelgan sel yomg‘irlari va ular ortidan qayd etilgan ko‘chkilar natijasida qurbon bo‘lganlar soni 70 kishiga yetdi. Kyodo agentligi 8 iyul kuni shu haqida xabar berdi.
Manbada ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlardan tashqari yana 60 kishi izsiz yo‘qolgan. Qutqaruvchilar Yaponiya mudofaa kuchlari jangchilari qo‘llab-quvvatlashi ostida qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirishmoqda.
Bosh vazir Sindzo Abe boshchiligidagi mamlakat hukumati shoshilinch yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni muhokama qildi. "Hozir biz vaqt bilan kurashyapmiz, ko‘p kishilar xavfsizligi hanuz kafolatlanmagan. Bor kuchni odamlarni qutqarishga qaratish zarur", - deya ta'kidladi Abe. Tokioda rasmiy tashrif bilan bo‘layotgan AQSh bosh kotibi Maykl Pompeo va Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva fojia yuzasidan yapon xalqiga ta'ziya bildirishdi va qutqaruvchilar yordamini kutayotgan barcha kishilarga dalda berishdi.
"Prapirun" to‘foni ta'siri sababli Yaponiyada kuchli yomg‘irlar qayd etildi. Ta'kidlash joizki, bu joriy yilda Tinch okeanida hosil bo‘lgan yettinchi to‘fondir. Tropik to‘fon natijasida bir kishi halok bo‘lgan, 20 nafarga yaqini jabrlangan.
Mavzuga oid
08:25 / 19.06.2026
Zomin va Baxmalda sel kuzatildi, 3 ta avtomobil oqib ketdi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
10:45 / 12.06.2026
O‘zgidromet aholini sel va suv toshqinlaridan ogohlantirdi
08:43 / 11.06.2026