2018 yil iyun oyining 29-kuni jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyati Şofirkon tumanida oçiq sud majlisi bölib ötdi. Uşbu sud majlisida öz erining joniga qasd qilmoqçi bölgan ayolga sud hukmi öqildi.

Voqea quyidagiça sodir bölgan. N.Asadova (ism-şariflar özgartirilgan), 2018 yilning 22 mart kuni, soat taxminan 19:00larda turmuş örtoği S.Karimov bilan örtalarida kelib çiqqan kelişmovçiliklari natijasida janjallaşib qolişadi. Janjal vaqtida N.Asadova qölida bölgan oşxona piçoği bilan S.Karimovning kökrak qafasi çap tomon qöltiq osti çiziği böyiça 3-4-qovurğalari orasiga qasddan urib, hayoti uçun xavfli bölgan qasddan badaniga oğir şikast yetkazgan.

N.Asadova Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga şu moddaga asosan JKning 57-moddasini qöllab, 1 yil 6 oy ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.