Hukumatning 2018 yil 5 iyuldagi qarori bilan Özbekiston Respublikasi hududida çegara rejimi töğrisidagi yangi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilingan.

Mazkur nizom Özbekiston hududidagi çegara zonasi va mintaqasida çegara rejimini ta'minlaş tartibini belgilaydi.

Nizomda xizmat faoliyati va örnatilgan rejimga rioya etilişini nazorat kiliş, çegara zonasiga kiriş (ötiş), bu yerda böliş (yaşaş), harakatlaniş va işlarni amalga oşiriş, çegara mintaqasiga kiriş (böliş) uçun ruxsatnomalar oliş va ularni rasmiylaştiriş tartibi belgilandi.

Hujjatga muvofiq, çegara zonasiga kiriş (çiqiş) nazorati içki işlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Davlat çegarasida vaziyat murakkablaşganda esa Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari tomonidan ham amalga oşiriladi.

Çegara zonasiga kiriş (ötiş), bu yerda böliş (yaşaş), harakatlaniş va işlarni amalga oşiriş tartibi quyidagiça:

— çegara zonasida doimiy yaşaydigan Özbekiston fuqarolarining pasportlariga içki işlar organlari tegişli maxsus ştamp qöyadi. Bunday fuqarolar çegara zonasi doirasida röyxatga oliş kartoçkasini olmasdan, yaşaş joyidagi tuman va viloyat hududida harakatlanişi mumkin;

— çegara zonasida doimiy yaşamaydigan va bu yerga beş kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolarning pasporti va şaxsini tasdiqlovçi boşqa hujjatlardan taşqari çegara zonasida böliş uçun içki işlar organlari tomonidan beriladigan alohida röyxatga oliş kartoçkasi ham bölişi şart;

— öqişga ketguniça çegara zonasidagi aholi punktlarida yaşagan oliy, örta-maxsus va boşqa ta'lim muassasalari öquvçilari hamda talabalaridan ularning ta'lim muassasalarida öqişini tasdiqlovçi hujjatlari bölişi lozim;

— çegara zonasiga ota-onasi yoki hamrohlik qiluvçi şaxslar bilan keladigan 16 yoşgaça bölgan şaxslar ota-onasi yoxud hamrohlik qiluvçi şaxslarning röyxatga oliş kartoçkalariga kiritiladi;

— çegara zonasiga dehqonçilik, çorvaçilik, quriliş, qidiruv va boşka işlarni bajariş uçun kelgan bir guruh fuqarolar, şuningdek, sayyohlar, artistlar brigadasi va çegara zonasida yaşamaydigan boşqa fuqarolar jamoasi uçun röyxatga oliş kartoçkalari guruh rahbarining nomiga u bilan kelganlar soni körsatilgan holda beriladi;