Facebook ijtimoiy tarmoği asosçisi Mark Tsukerberg eng boy odamlar röyxatining 3-örniga kötarilib oldi. U Bloomberg tomonidan tayyorlanuvçi reytingda amerikalik sarmoyaçi Uorren Baffetdan özib ketdi.
Bloomberğning ma'lum qilişiça, ayni vaqtda Tsukerbergning boyligi 81,6 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Bu esa 81,2 mlrd dollarga ega Baffetnikidan 373 mln dollarga köproqdir. Ta'kidlanişiça, Tsukerberg 6 iyunda Facebook aksiyalari narxi 2,4 foizga qimmatlaşgandan keyin Baffetni ortda qoldira oldi.
Reytingda hamon Amazon asosçisi Jyeff Bezos yetakçilik qilmoqda, uning boyligi 142 mlrd dollarga baholangan. 2-örinni Microsoft asosçisi Bill Geyts 94,2 mlrd dollar bilan egallamoqda.
Ta'kidlanişiça, şu tariqa ilk bor dunyoning eng boy odamlari röyxatining eng yuqori 3 poğonasini öz biznesini axborot texnologiyalari negizida qurgan tadbirkorlar egallamoqda.












