«Real»ning portugaliyalik hujumçisi Kriştianu Ronaldu Turinga yöl olişi haqida bot-bot yozilmoqda. Yozning eng şov-şuvli transferiga aylanişi mumkin bölgan bu transfer qançalik haqiqatga yaqin?

Çöğsiz tutun çiqmaydi
Kriştianu Ronalduning şu yozda «Yuventus»ga ötişi deyarli oydinlaşdi. Xuddi çöğ bölmasa, dim bölmaganidek, agar Ronalduning Madriddan ketmoqçiligi çin bölmaganida uning ketişi haqida bu qadar köp yozilmagan bölardi. Şu kunlarda futbolçining agenti Jorjye Mendeş «Real» prezidenti Florentino Peres bilan uçraşdi va öz mijozining kelajagi böyiça muzokara ötkazdi. Ayni vaqtda uşbu 33 yoşli portugaliyalikka asosiy da'vogar «Yuventus» bölib turibdi.

Ayni lahzasi

Foto AFP

Barçasi Kiyevda boşlangandi. Uşbu portugaliyalik nafaqat zarbalarni vaqtida yöllaydi, balki kerakli sözni kerakli joyda va kerakli vaqtda aytadi. U hamma Çempionlar ligasidagi ğalabani nişonlayotganida özining ikki oğiz gapi bilan barçani karaxt ahvolga solgandi: «Madrid uçun öynaş ajoyib edi», «Real»da qolişimga kafolat bera olmayman», «Tez orada barçasini bilib olasiz». Keyingi kuni esa Ronaldu xuddi boşqatdan öylab körib, fikridan qaytgandek gapirdi: «Barçaga rahmat, kelasi yili körişamiz». Ammo axborot tölqini tinmadi. Bu Ronalduning öziga diqqatni jalb etiş va maoşini kötarib oliş rejasining bir qismi edi.

Eskirgan sxema
Portugaliyalik futbolçi qanday qilib şartnomasini yangilaş va moliyaviy yangilaş böyiça «pixini yorgan». Madriddagi qariyb 10 yillik faoliyati davomida u bu işni ikki marta qilgan - uning metodi ikki safar ham iş bergan. 2012 yil sentabrida, hali 3 yillik şartnomasi va yiliga 10 million yevrolik maoşi böla turib u şunday degandi: «Men «Real»da baxtiyor emasman». Bir yil ötib u bilan 2018 yilgaça amalda böluvçi va yiliga 17 million yevro miqdoridagi maoş tölaş közda tutilgan yangi şartnoma imzolaşdi. 2015 yil yozida esa boşqa futbolçilarning maoşlari ham oşa boşlagaç (ayniqsa Messiniki - 16 million yevrodan 20 million yevroga), portugaliyalik futbolçi atrofida turli miş-mişlar bolaladi. Uning kayfiyati juda yomon ekani haqida yozişdi. Bir yil ötib tomonlar özaro şartnomani yana qaytadan körib çiqişdi va Ronalduga 2021 yilgaça amalda böluvçi yangi şartnoma hamda 23 million yevrolik yillik maoş taklif etildi, futbolçi bajonidil rozi böldi. Sxema işlab tursa, uni özgartiriş nega kerak?

Prezidentning va'dasi