AQŞ bir tomonlama tartibda Şimoliy Koreyadan 2 kunda töliq yadroviysizlanişni talab qilgandan keyin Pxenyanda yadroviy dasturni töxtatiş qarori qayta körib çiqilişi mumkinligi aytila boşlandi.  

Şimoliy Koreyada AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo boşçiligidagi AQŞ delegatsiyasi bilan muzokaralar natijasi “juda xavotirli” deb atalgan.

Bundan taşqari, Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirligining ismi aytilmagan vakilining ma'lum qilişiça, Pxenyan bosqiçma-bosqiç yadroviysizlanişni va ikki tomon ham munosabatlarni yaxşilaş uçun birgalikda harakat qilişini talab qilmoqda.