Xitoyning smartfonlar, xöjalik texnikalari va ilovalar işlab çiqaruvçi Xiaomi kompaniyasi Honkong birjasida IPO savdosini ötkazdi. Savdoga qöyilgan aksiyalarning bir donasi 17 Honkong dollaridan (2,17 AQŞ dollariga yaqin) sotuvga çiqarildi, deb xabar qilmoqda vc.ru. Savdo boşlanişidan söng, aksiyalar qiymati 3 foizgaça pasayib, 16,5–16,6 honkong dollarini taşkil etgan.
IPO boşlangunga 3 kun qolganida kompaniya aksiyasini 5-10 foiz arzonroq xarid qilişga doir takliflar paydo böldi. Bu AQŞ-Xitoy savdo uruşi davom etayotgan bir vaqtda investorlarning Xiaomi aksiyalariga qiziqişi yöqligini anglatadi. Şunga qaramay, kompaniya savdo boşida 4,72 mlrd dollar jalb etişga erişgan.
Kompaniyaning bozor narxi savdo boşida 54,3 mlrd dollarni taşkil etdi. Goldman Sachs, JP Morgan va Morgan Stanley banklarining taxminlariga köra, kelgusida kompaniya kapitallaşuvi 92 mlrd dollarga yetişi mumkin.













