«Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduning agenti Jorjye Mendeş bugun Qirollik klubi rahbariyati bilan uçraşib, öz mijozining kelajagi masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Sky Italia xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga köra, Mendeş klub rahbariyatiga 33 yoşli uşbu futbolçi uçun berilgan 100 million yevrolik taklifni rasman taqdim etgan. Agar uçraşuv muvaffaqiyatli keçsa, Ronalduning taqdiri 48 soat içida hal böladi.
Ronalduning keyingi klubi katta ehtimol bilan «Yuventus» böladi.
Uşbu klub portugaliyalik yulduz bilan 4 yillik şartnoma böyiça oğzaki kelişuvga erişgan. Unga köra futbolçi yiliga 30 million yevro maoş oladi.
La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga köra, Ronaldu «Yuventus» boş murabbiyi Allegri bilan ötgan juma kuni telefon orqali muloqot qilgan, öşanda murabbiy Turinga kelib «Yuventus» prezidenti Andre Anelli bilan transferlar masalasida gaplaşib olgandi.
«Real»ning yangi boş murabbiyi Xulen Lopetegi Ronalduni qolişga köndirolmagan. Chiringuito de Jugones ma'lumotiga köra, Lopetegi portugaliyalik futbolçiga qönğiroq qilgan, ammo futbolçi öz sabablarini keltirib, ketişini ma'lum qilgan.
Italiya matbuoti taxminiga köra, ayni vaqtda «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli Piza aeroportidan xususiy samolyotda Gretsiyaning Kalamata şahriga yöl oldi. U şu şahar yaqinidagi Pilos kurortida ta'tilni ötkazayotgan Ronaldu bilan uçraşib, uni Turin klubiga ötişga köndirmoqçi.












