Avstraliyalik olimlar Sahroi Kabirda dunyoning eng qadimiy biologik böyoqlarini topişga muvaffaq bölişdi. Uşbu topilma murakkab jonzotlar nima uçun yaqindagina yuzaga kelganini tuşunişga kömak beradi, deyiladi New Straits Times naşrida.
Manbaga köra, böyoqlar bundan taxminan 1,1 milliard yildan ziyod oldin sodda mikroskopik organizmlar tomonidan işlab çiqilgan puşti pigmentlar bölib, ularning yoşi şu kungaça topilgan eng eski pigmentlardan 500 million yilga kattadir.
Avstraliya Milliy universiteti olimi Yoxen Broks qadimiy pigmentlarning yoşi tirannozavrlar yoşidan 15 baravar katta ekanini ma'lum qilgan.
Sahroi Kabirda aniqlangan böyoqlar nima uçun Yer sayyorasi bundan 4,5 milliard yil avval paydo bölgan bölsa-da, sayyoramizdagi murakkab ösimlik va jonivorlar nisbatan yaqin ötmişda, ya'ni bundan 600 million yil oldin yuzaga kelganini aniqlaşga yordam beradi, deb hisoblaşmoqda olimlar.
Bundan oldingi ilmiy işlarda kislorod miqdorining kam bölgani murakkab jonzotlar evolyutsiyasiga tösqinlik qilgan, deyiladi. Biroq sianobakteriyalarning bundan 1,1 milliarddan ziyod yil avval mavjud bölgani ularning suv ötlarini siqib çiqarganini körsatadi.
Suv ötlari, mikroskopik bölsa-da, sianobakteriyalardan minglab marta katta hajmga ega va ança boy ozuqa manbai hisoblanadi, deyiladi manbada.
Tsianobakteriyalar okeanlari taxminan 650 million yil ilgari yöqola boşlagan.
Qadimiy böyoqlar neft şirkati Ğarbiy Afrikada qazib olingan toşlarni laboratoriyaga yuborişi natijasida tasodifan aniqlangan.
Pigmentlar ösimlik va ba'zi mikroskopik hayot şakllariga yoruğlikni energiyaga aylantiriş imkonini beruvçi kimyoviy modda - xlorofillning toşdek qotgan reliktlari hisoblanadi.
Olimlarning aytişlariça, ular topgan puşti böyoq dastlab kök-yaşil ranglarda bölgan.












