Olimlar xalqaro guruhi Sahro Kabir çölining katta qismi bir neça ming yillar avval ösimlik bilan qoplangan yerlar bölganini tasdiqlaşdi. Ular sayyoramizda eng yirik çölning paydo bölişiga iqlim özgarişlari sabab bölganini aytişmoqda.

Olimlar Örta yer dengizidagi, yoşi oxirgi 160 ming yilni qamrab olgan çökindilar namunalarini tahlil qilib, bu davrda yuz bergan iqlim özgarişlarini modellaştirişgan. Dengiz tubidagi çökindi qatlamlari özida Afrika qit'asida ösgan ösimliklar qoldiqlari va qadimiy mollyuska çiğanoqlarini saqlaydi. Ular orqali ötmişda yuz bergan iqlim özgarişlarini modellaştiriş mumkin.

Aniqlanişiça, Yer orbitasidagi kiçik siljişlar hamda qutb muz qalqonlari hajmining kattalaşişi va kiçrayişi köp miqdorda yoğingarçilik bilan keçgan namgarçilik davrlarining uzoq davom etgan qurğoqçilik davrlari bilan almaşib kelişiga olib kelgan. Namgarçilik davrlari odatda 5 ming yil davom etgan, ösimliklarning ösişi uçun unumli şaroitlar esa Şimoliy Afrikadan tortib Örta yer dengizi sohillarigaça bölgan hududni qamrab olgan.

Iqlimning özgarişi odamlar hayotida ham keskin özgarişlarga olib kelgan va bu, ehtimol, ularning Sahroi Kabirda katta migratsiyalariga sabab bölgan.