Özatom agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev Moskvada ötgan Jahon atom haftaligi forumida Jizzax viloyati aholisi Rossiya bilan hamkorlikda qurilajak AESga ijobiy munosabatda ekanini iddao qildi.

“Mahalliy aholimiz sörayapti: “Qaçon? Qaçon endi boşlaysizlar?” Ular boşlaşga qöllaridan kelgança yordamlaşişyapti, keksalar quriliş maydoniga kelişyapti, qiziqişyapti. Nega? Çunki ular bu loyihaning multiplikativ samarasini tuşunişyapti: mintaqaga ham, umuman viloyatga ham hamma yönalişlar böyiça taraqqiyot keladi”, – deya uning sözlarini keltirdi Gazeta.uz.

Ahmadxöjayevning qöşimça qilişiça, AESga xizmat körsatiş uçun maişiy xizmatlarga talab yuzaga kelişini odamlar tuşunib turibdi. Masalan, ijtimoiy va infratuzilma obektlari quriladi.

“Hududda hayot sifati karrasiga oşadi”, dedi Özatom rahbari.

Ahmadxöjayevga köra, jizzaxliklar öz vatanini taşlab, heç qayerga ketmoqçi emas.

“Biz ular heç qayerga ketişni xohlamayotganini aniq-ravşan körib turibmiz. Ular bu rivojlanişning iştirokçisi va uşbu yönalişda birinçi bölişni xohlaşyapti. Ular boşqa hududlarga ham aslida yaxşi, yuqori madaniy darajada yaşaş mumkinligini, şu bilan birga yaratuvçanlik jarayonlarida iştirok etiş va hudud taraqqiyoti tarixining bir qismiga aylaniş borasida namuna körsata olişadi”, – dedi Özbekiston hukumatining AESga mas’ul a’zosi.