«Real» Kriştianu Ronalduni «Yuventus»ga sotayotganini rasman tasdiqladi. Bu haqdagi ma'lumot madridliklar klubi saytida e'lon qilingan.
«Real» hamişa sening uying bölib qoladi», — deyilgan «qaymoqranglilar» klubi matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalgi xabarlarda, Ronaldu «Yuventus» bilan 4 yillik şartnoma böyiça kelişuvga erişgani, unga köra futbolçi yiliga 30 million yevro maoş olişi aytilgandi.
Uşbu 33 yoşli portugaliyalik futbolçi transferi uçun turinliklar 105 mln yevro tölaydi.
33 yoşli portugaliyalik futbolçi 2009 yili «Mançester Yunayted»dan «Real»ga kelgandi. Öşanda madridliklar futbolçi uçun rekord darajadagi 93 million yevroni tölaşgan.
Ispan klubida Ronaldu jami 15 sovrin yutdi.
Jumladan, u 4 marta Çempionlar ligasida ğalaba qozongan, ikki marta Ispaniya çempionati ğolibi bölgan, ikki marta Ispaniya Kubogida, ikki marta Ispaniya Superkubogida, ikki marta UYeFA Superkubogida, 3 marta klublar örtasidagi jahon çempionatida ğalaba qozongan.
Ronaldu «Real» safida jami 438 öyin ötkazib, 450 gol urgan. U bu borada klub rekordçisidir.












