Rassom Şeperd tomonidan yaratilgan Vinni Puxning yuz akr (ölçov birligi)lik örmon tasvirlangan xaritasi 430 ming funt-sterling (570 ming 137 AQŞ dollari)ga sotildi, deya xabar berdi Sotheby’s auksionerlari. 

1926 yilda çizilgan Milnening bolalar klassikasi xaritasi kimoşdi savdosidagi boşqa kitob illyustratsiyalaridan özib ketdi. Salkam ellik yil ommaga oşkor etilmagan xarita boşlanğiç narx (100-150 ming funt-sterling)dan tezlik bilan yuqoriladi. 

Xarita kitobxonlarni Kristofer Robin va uning döstlari Iyore, Rular haqidagi tasavvur bilan taniştiradi. 40 yil ötib, u Disney kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan “Vinni Pux va asal daraxti” filmida asosiy rolda gavdalanadi. Xaritadan keyin Puxning yana törtta surati 310 mingdan 440 ming funtga jami 917 ming 500 funtga baholandi.

Foto: REUTERS