Financial Times naşrining xabar berişiça, Disney multfilmi qahramoni Vinni Pux Xitoyda taqiqqa uçradi – ötgan dam oliş kunlari ijtimoiy tarmoqlardan ayiqça tasvirlangan barça suratlar hamda giflar olib taşlangan. Bunga sabab – Vinni Puxning Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan taşqi öxşaşligi ekan.
Bu borada rasmiy tuşuntirişlar berilmadi, biroq, Financial Times’ning taxminiça, bu qadam – Xitoy Kommunistik partiyasining kuzgi qurultoyidan avval senzuraning kuçaytirilişi bilan boğliq. Qurultoy davomida rahbariyatda qator muhim özgarişlar yuz berişi kutilmoqda.

Ekspertlardan birining gazetaga xabar berişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Si Tszinpinni tanqid qilgan foydalanuvçilar hibsga olingani bilan boğliq holatlar ham mavjud. "Vinni Pux – umumiy trendning bir qismi xolos", - deya qöşimça qilib ötgan u.
Hozirda Weibo ijtimoiy tarmoğida xitoyçada "Vinni Pux" sözlarini yozganda, "noqonuniy kontent" degan ogohlantiriş çiqib kelayotgani aytilmoqda, biroq, ba'zi foydalanuvçilar bu taqiqni çetlab ötişning uddasidan çiqişgan.
















