Har bir davlat öz qoidalari va ularga amal qilinmaganda qöllanadigan jazo turlariga ega.

Ba'zida tartib qilingan çeklovlar özining qat'iy va beöxşovligi bilan savol uyğotadi. Ammo, muammo mohiyati çuqur örganib körilsa, uşbu keskin çoralarni oqlovçi sabablarni ham uçratişimiz mumkin.

1. Bolalarning gözallik tanlovlari (Fransiya)

Fransiyada 16 yoşdan kiçik bolalar uçun gözallik tanlovlarini taşkillaştirişni man qiluvçi qonun qabul qilingan. Endilikda heç qaysi qizaloq «Mini-miss Fransiya» tojini qölga kirita olmaydi. Taqiqlangan tadbirni taşkillaştirganlik uçun 2 yilgaça ozodlikni çeklaş va 30 ming yevrogaça bölgan jarima soliş közda tutilgan.

«Kelinglar, qizaloqlarimizni kiçik yoşlaridan ularning yagona bebaho boyliklari faqatgina taşqi gözalliklari ekanligiga işonib qolişlaridan asraymiz», — deb ta'kidlaşgan qonun taşabbuskorlari.

2. Dumaloq akvariumlar (Italiya)

Italiyadagi Monsa şaharçasi ma'muriyati baliqlar uçun möljallangan dumaloq akvariumlarni taqiqlaşdi, xuddi şunga öxşaş qonun keyinçalik Rimda ham qabul qilindi. Gap şundaki, bu kabi akvariumlar juda zararlidir: ularda filtr uçun joy yöq va kislorod bilan yaxşi ta'minlab berolmaydi.

3. Çaqmaçaqarlar (Filippin orollari)

Binalonan şahrida (Filippin orollari) miş-miş tarqatişni man etuvçi qonun işlab çiqilgan. Şahar rahbariyati fikriga köra, ğiybatçilik har xil mojarolarga sabab böladi, yomon gap aytiş uçun ketgan vaqtni esa yaxşi işlarga sarflaş ham mumkin. Qoidani buzganlik uçun 200 pesodan (3,5 yevro) boşlanuvçi jarima va jamoat işlariga jalb etiş çorasi qöllanadi.

Endilikda mahalliy aholi öz qöşnilari bilan ğiybatlaşişdan oldin hamyonlari böşab qolişini va şahar köçalaridagi tozalanuvçi yerlarni köz oldilariga keltirib körişadi.