Bryusselda bugun oçilgan NATO sammiti qisqaça aviaşou bilan boşlandi. Şimoliy Atlantika alyansining 13 davlatiga tegişli 26 ta vertolyot taşkilotning yangi boş qarorgohi uzra tartib bilan uçib ötişdi, deb yozadi TASS.

NATOga a'zo 29 davlat va hukumat rahbarlarini jamlagan forumni oçar ekan, taşkilot boş kotibi Yyens Stoltenberg bölajak muzokaralarning boş maqsadi jamoaviy mudofaa imkoniyatlarini kuçaytiriş va terrorizmga qarşi kuraş uçun sa'y-harakatlarni yanada jipslaştiriş ekanligini qayd etdi. «Bir neça yil avval biz mudofaa byudjyetlarini qisqartirgan edik, — dedi u. — Bugun esa biz bu jabhaga köproq sarmoya yotqizişga tayyormiz».

Belgiya taşqi işlar vaziri Şarl Mişel sammit arafasida Sankt-Peterburg şahrida futbol böyiça jahon çempionatining yarimfinal uçraşuvida maydonga tuşgan Belgiya va Fransiya terma jamoalari «ajoyib birdamlik va jamoaviy ruhni namoyiş etib berişgan»ini qayd etdi. Frantsuzlar minimal hisobda ğolib çiqişdi va endi finalda Angliya – Xorvatiya juftligi ğolibini kutişadi.