Inson kapitaliga investitsiya kiritiş mamlakat raqobatbardoşligini oşiradi
|18:35 / 12.07.201818 27815 min
Jahon banki prezidenti Jim Yon Kimning Amerika Qöşma Ştatlarining nufuzli «Foreign affairs» jurnali saytida çop etilgan tahliliy maqolasida qanday qilib hukumatni inson kapitaliga sarmoya yönaltirişga işontiriş mumkinligi haqida söz boradi.
Foto: AKINTUNDE AKINLEYE / REUTERS
Inson kapitalini rivojlantirişdagi uzilişlar
Hukumat iqtisodiy ösişni ta'minlaşga intilar ekan fizik kapital – muhtaşam köpriklar, yangi yöllar, zamonaviy aeroportlar va boşqa infratuzilmalarni barpo etişga investitsiya kiritişga e'tiborni qaratadi.
Odatda, ular aholi salomatligi, bilim va könikmalari, tajriba va turmuş tarzini özida mujassam etgan inson kapitaliga investitsiya kiritişdan unçalik manfaatdor emas. Bu katta xato, negaki, inson kapitaliga investitsiya kiritişga nisbatan beparvolik mamlakat raqobatbardoşligini keskin pasaytirib yuborişi mumkin. Zero, mamlakat iqtisodiy jihatdan taraqqiy etişi uçun iste'dodli odamlarni tarbiyalaş talab etiladi.
Jahon banki guruhining butun faoliyati davomida ekspertlarimiz iqtisodiyotning ösişiga xizmat qiluvçi, odamlarga kambağallikdan xalos bölişga yordam beruvçi hamda rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiyotiga sarmoya kiritişi mumkin bölgan har bir jihatni örgandi.
2003 yilda bank «Doing Business» nomli ilk yillik hisobotini çop etgan va unda soliqqa tortişdan to şartnomalarni bajarişgaça bölgan har bir mezon böyiça mamlakatlarning qiyosiy tahlili ötkazilgan edi.
Hisobot xulosalarini inkor etişning imkoni yöq. Sababi davlat rahbarlari va moliya vazirlari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar kamayişi mumkinligi bilan boğliq tavakkalçilikka duç keldi. Çunki kompaniyalar eng maqbul işbilarmonlik muhitiga ega mamlakatlarga sarmoya kiritişni afzal biladi. Keyingi 15 yilda «Doing Business» hisobotlari 3180 dan ortiq islohotni amalga oşirişga kömaklaşdi.
Bugungi kunda bank xuddi şunday yondaşuvni ilgari surgan holda, hukumatlarni insonlarga sarmoya kiritişga da'vat etmoqda. Jahon banki guruhi vakillari inson kapitali xodimlarning keyingi avlodi işi samaradorligiga qanday ta'sir körsatişini baholaş indeksini işlab çiqmoqda.
Indeks şu yilning oktabr oyida Balida bölib ötadigan Jahon banki guruhining yillik yiğilişida taqdim etiladi. Unda bugun dunyoga kelgan bola 18 yoşga yetganda umid qilişi mumkin bölgan salomatlik holati, şuningdek, ta'limning sifat va miqdor körsatkiçlari aks etadi.
Mavzuga oid
Olimlar inson kapitalini rivojlantirişning afzalliklari haqida köp narsalarni biladi. Biroq bu rivojlangan davlatlarning şu yönalişdagi harakatlarini jadallaştirişga işonçli da'vat böla olmadi.
Sönggi öttiz yilda boy va qaşşoq mamlakatlarda hayot davomiyligi bir-biriga yaqinlaşa boşladi. Ta'lim bilan qamrab oliş körsatkiçlari sezilarli ravişda ortdi. Biroq muammolar şu bilan barham topmadi. Beş yoşgaça bölgan bolalarning qariyb törtdan biri töyib ovqatlanmaydi, 260 milliondan ziyod bola va yoş maktabda öqimaydi, rivojlanayotgan mamlakatlarda maktab yoşidagi kiçik bolalarning 60 foizida hamon minimal ta'lim oliş imkoniyati mavjud emas.
Foto: THIERRY GOUEGNON / REUTERS
Inson salohiyatining ahamiyati
Inson kapitalining ahamiyatini bir neçta turli usullarga asosan baholaş mumkin. An'anaga köra, iqtisodçilar buni köproq ta'lim olgan odamlarning daromadi bilan hisoblar edi.
Tadqiqotlar har bir qöşimça ta'lim yili inson daromadini örtaça 10 foizga oşirişini körsatdi. Bunda ta'lim sifati ham muhim. Misol uçun, AQŞdagi boşlanğiç maktabning alohida sinfida malakasi past öqituvçini örta darajadagi mutaxassisga almaştiriş öquvçilarga butun umri davomida 250 ming dollargaça umumiy daromad oliş imkonini beradi.
Ammo kognitiv imkoniyatlar inson kapitalining yagona körsatkiçi emas. Mardlik, iroda va halollik kabi ijtimoiy-hissiy könikmalar, odatda katta iqtisodiy samaradorlik keltiradi. Soğliq ham muhim ahamiyatga ega. Negaki, soğlom insonlarning mehnat samaradorligi yuqori böladi.
Misol uçun, 2015 yilda Keniyada ötkazilgan tadqiqot şuni körsatdiki, bolalarga narxi atigi 30 sentga teng gelmintlarga qarşi dori vositalarini beriş maktabda dars qoldirişni kamaytirişga, keyinçalik esa mustaqil hayotga qadam qöyganda oylik maoşining jami 20 foizga oşişiga olib keldi.
Erta yoşdan inson kapitalini turli yöllar bilan ölçab boriş yaxşi samara beradi. Bolani gödaklikdan töğri ovqatlantiriş, soğlom rivojlanişini rağbatlantiriş keyinçalik uning jismoniy va ruhiy farovonligini yaxşilaydi.
Ayni paytda bolalikda kognitiv va ijtimoiy-hissiy imkoniyatlarda yöl qöyilgan ayrim kamçiliklarni baloğat yoşiga yetganda tuzatiş qimmatga tuşadi. Şuning uçun hukumat tomonidan inson kapitalini bola hayotining dastlabki 1000 kunligida rivojlantiriş iqtisodiy samara beradi.
Bularning barçasi iqtisodiy ösiş bilan neçoğli boğliq? Birinçidan, inson kapitaliga individual sarmoyalardan olinadigan foyda qöşilsa, umumiy samara alohida qismlar miqdoridan köproq ekanligi ayon böladi.
Keniyadagi maktab öquvçilariga qaytadigan bölsak, birgina bolaning gelmintlardan xalos bölişi boşqa bolalarning zararlaniş ehtimolini kamaytiradi. Bu esa, öz navbatida, ularning kelajakda yaxşi öqişi va ulğaygaç nisbatan katta maoş olişiga olib keladi.
Inson kapitalini rivojlantirişning ayrim afzalliklari jamlanib, sarmoya kiritilayotgan avlod bilangina çeklanib qolmaydi. Masalan, onaning farzandning prenatal parvarişi haqidagi bilimini boyitiş bolalarning gödakligidanoq soğliğini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Iqtisodçilarning hisob-kitoblariga köra, inson kapitaliga individual investitsiyalar umumlaştirilganda, turli mamlakatlarda inson kapitaliga kiritilgan investitsiya bilan aholi jon boşiga töğri keladigan daromadlar örtasidagi tafovut 10 foizdan 30 foizgaça bölişini körsatdi.
Misol uçun, XIX asr örtalarida Braziliya ziyoli yevropaliklarning San-Pauloga immigratsiyasini rağbatlantirgan. Natijada 100 yildan söng bu ştatda yuksak darajadagi ta'lim, qişloq xöjaligiga nisbatan sanoatda köproq bandlik, şuningdek, aholi jon boşiga yanada yuqori daromad kuzatildi.
Ayniqsa, ta'lim katta samaradorlik keltiradi, şuning uçun u qaşşoqlik kölamini qisqartirişda muhim rol öynaydi. Buni Gana tarixi ham tasdiqlaydi: 1990 yillarda va 2000 yillar boşida mamlakat ta'limga ketadigan xarajatlar miqdorini ikki barobar köpaytiriş orqali asosiy körsatkiçlarni keskin oşirişga muvaffaq böldi. Natijada 1999 yildan 2012 yilgaça mamlakatda savodxonlik darajasi 64 foizga yetdi, qaşşoqlik darajasi esa 61 foizdan 13 foizga tuşdi.
Ta'limga kiritiladigan sarmoyalar ham jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni kamaytirişi mumkin. Aksariyat mamlakatlarda nisbatan öziga töq oilalarda tuğilgan farzandlar bolalikdanoq keng imkoniyatlardan foydalanişni boşlaydi va bu butun umri davomida qator afzalliklarga olib keladi, aksinça, noçorroq oilalar farzandlari bunday imkoniyatlardan foydalana olmaydi.
Bunday muammoni hukumat tomonidan hal etiş böyiça sa'y-harakatlar amalga oşirilganda iqtisodiy tengsizlikning qisqariş tendensiyasi kuzatiladi. Şimoliy Karolinada ötkazilgan tadqiqot agar Qöşma Ştatlar bolalikdanoq samarali rivojlaniş dasturlaridan foydalansa, mamlakatda daromadlardagi tengsizlik 7 foizga kamayişini körsatdi. Bu esa AQŞning Kanada darajasiga erişişi uçun yetarli.
Inson kapitaliga sarmoya kiritişdan jamiyat ham katta manfaat köradi. Uzluksiz maktab ta'limi turli jinoyatlar sodir etilişi ehtimolini kamaytiradi.
2017 yilda Liberiyada narkotiklar savdosi bilan şuğullanuvçilar, öğrilar va jinoyatga moyil boşqa erkaklar kognitiv-axloqiy terapiyaga yönaltirilişi böyiça tadqiqot ötkazilgan. Bu ularga öz hissiy holatini anglab yetiş, özini idora etişni yaxşilaş va murakkab vaziyatlarda töğri yöl tutiş kabi könikmalarni şakllantirişni közda tutgan. Unçalik köp xarajat talab etmagan dastur uşbu insonlarning jinoyat olamiga qaytişi ehtimolini sezilarli darajada qisqartirdi.
Inson kapitali şaxsning jamiyat hayotida iştirok etişi bilan boğliq. 1970 yillarning örtalarida Nigeriyada umumiy boşlanğiç ta'lim joriy etilib, bolalarning katta qismi boşlanğiç maktablarga qamrab olindi. Bir neça yil ötib, bu yigit va qizlar yangiliklar bilan qiziqiş, tengqurlari bilan siyosat haqida suhbat quriş, palata yiğilişlari va saylovlarda iştirok etişni boşladi.
Inson kapitaliga investitsiya kiritiş işonç darajasini ham oşiradi. Öqimişli insonlar boşqalarga köproq işonadi, işonç darajasi baland bölgan jamiyat odatda nisbatan yuqori iqtisodiy ösişga erişadi. Şuningdek, ular ança sabrli ham böladi: tadqiqotlar yigirmançi asr örtalarida Yevropada amalga oşirilgan maktab islohotlari odamlarning migrantlarga nisbatan bağrikengroq bölişiga xizmat qilgan.
Foto: JAMES AKENA / REUTERS
Ayon bölgan haqiqatlar
Inson kapitali öz-özidan yuzaga çiqmaydi, u davlat tomonidan rivojlantirilişi lozim. Xususan, köpinça inson kamoloti uçun investitsiya kiritiş va bu sarmoyaning boşqalarga ham tarqalişi omili inobatga olinmaydi.
Masalan, ota-onalar öz farzandining gijjasini davolaş haqida qaror qabul qilar ekan, avvalo, uning salomatligi haqida qayğuradi. Biroq bu harakatlar boşqa bolalarning kasallaniş xavfini kamaytirişini eslamaydi.
Yoki farzandning boğçadayoq köproq bilimga ega bölişi uçun pul sarflayotgan ota-onalarni olaylik. Ular şu orqali kelajakda jinoyatçilikning kamayişi va mahbuslar sonining qisqarişi singari yanada kengroq ijtimoiy ahamiyatga ta'sir körsatayotganini e'tiborga olmaydi.
2010 yilda Miçiganda işlab çiqilgan maktabgaça ta'lim dasturlaridan birining samaradorligi örganilganda sarflangan har bir dollar jamiyatga 7 dollardan 12 dollargaça foyda bölib qaytgani aniqlangan.
Ba'zi hollarda jamiyatda qabul qilingan normalar ota-onalarni öz farzandiga sarmoya kiritişdan qaytaradi. Ota-onalarning öğliga qiz farzandidan köra köproq e'tibor qaratişi avvaldan ma'lum. Biroq uşbu kamsitiş ta'siri kelgusida kutilmagan oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Masalan, Hindiston hukumatining hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakatda 21 millionga yaqin ana şunday “istalmagan qizlar” mavjud. Bu qizaloqlar ham salomatlik, ham ta'lim nuqtai nazaridan ota-onasidan kamroq e'tibor köradi.
Boşqa holatlarda oilalar öz bolalariga sarmoya kiritişni istaydi, biroq bunga qurbi yetmaydi. Kambağal ota-onalarda iste'dodli bolalarini maktabda öqitişga pul tölaşi uçun kredit oliş imkoni yöq. Hatto ta'lim bepul bölgan taqdirda ham ular transport va maktab xarajatlari uçun pul topişi zarur. Bola oilaga qöşimça daromad keltirişi uçun işlaşi va şu boisdan maktabda öqiy olmasligi bilan boğliq holatlarni aytmasa ham böladi.
Hukumatlarning inson kapitaliga investitsiya kiritişi muhim ahamiyatga ega bölsa-da, siyosatçilar köpinça bunga qarşi turadilar. Amaldorlarda özini oqlaşga bir neça ön yillar talab etadigan dasturlarni qöllab-quvvatlaş uçun rağbatning özi yöq.
Misol uçun, epidemiya mavjud bölmagan holatda siyosatçilar jamiyatdagi soğliqni saqlaş ahvoliga e'tiborni susaytirişi mumkin. Aholi salomatligini ta'minlaş böyiça loyihalar soliqlarni oşiriş yoki yanada muhimroq xarajatlar, xususan, infratuzilma yoki ijtimoiy ehtiyojlar uçun ajratilgan mablağlardan bir qismini oliş yöli bilan moliyalaştirilganiga misollar juda kam.
2012 yilda Nigeriya hukumati onalik va bolalikni muhofaza qiliş uçun köproq mablağ yönaltiriş maqsadida mamlakatdagi yoqilği mahsulotlariga subsidiyalarni bekor qilganida jiddiy qarşilikka uçragan edi. Uşbu masalani OAVda yoritişda bor e'tibor subsidiyalarning töxtatilişiga qaratilgan va jamiyat uçun öta zarur bölgan birinçi tibbiy-sanitar yordamni kengaytiriş masalasiga kam ahamiyat berilgandi. Keng miqyosdagi ijtimoiy noroziliklardan söng subsidiya qayta tiklangan.
Ba'zi davlatlarda bunday norozilik qisman ijtimoiy kelişuvning zaifligi bilan izohlanadi: fuqarolar öz hukumatiga işonmaydi va şu sababdan, özlarining fikriça, keyinçalik izsiz yöq bölib ketadigan soliqlarni tölaşga ikkilanadi.
Özligini namoyon qiliş muammosi hamma joyda murakkab. Butun dunyoda haddan taşqari köp bolalar öqişni bilmaydi, çunki ularning öqituvçilari yetarli darajada bilimga ega emas. “Xizmatlar körsatiş darajalari” uşbu muammoning tub mohiyatini oçib bergan taşabbus böldi. U Jahon banki guruhi tomonidan Afrika iqtisodiy tadqiqotlar konsorsiumi bilan hamkorlikda Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylaşgan mamlakatlaridagi ma'lumotlarni töplaş maqsadida ilgari surilgan edi.
Yettita davlat – Keniya, Mozambik, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya, Uganda va Togoda törtinçi sinf öqituvçilarining 66 foizigina til böyiça uşbu sinf öquv dasturini özlaştirgan, 68 foizi matematikadan dars beriş uçun talab etiladigan minimal bilim darajasiga ega ekan.
Mazkur davlatlarning soğliqni saqlaş sohasida işlayotgan tibbiyot xodimlari faqat 53 foiz holatda bezgak, diareya, zotiljam, sil va diabet singari kasalliklarga töğri taşxis qöya olgan.
Özini namoyon qiliş bu borada xizmat qilayotgan insonlar vazifasini sidqidildan bajarişiga yetarliça rağbat bölmagan joylarda ham muşkullaşadi.
Yuqorida tilga olingan yetti davlatda öqituvçilar belgilangan dars soatlarining yarminigina ötgan. Köp hollarda muammoning ildizi davlat xizmatçilari ma'muriy-buyruqbozlik avj olgan şaroitda, xizmat poğonalaridan kötariliş mehnat natijasiga emas, balki taniş-bilişlar bilan aloqalarga qarab yuz beradigan şaroitlarda işlaşiga borib taqaladi.
Darvoqe, ijobiy misollar ham bor. Markaziy hokimiyat, mahalliy organlar va xizmat körsatuvçilarning maqsadlari muştarak kelsa, mamlakatlar inson kapitalini yaxşilaş borasida katta muvaffaqiyatlarni qölga kiritişi mumkin. 2004 yilda Argentinada Jahon banki guruhi kömagida amalga oşirilgan “Plan Nacer” dasturi ana şunday ijobiy samara keltirgan edi.
Dastur tibbiy suğurtaga ega bölmagan oilalarga uni olişda yordamlaşişni közda tutgan edi. Unga muvofiq, mablağlar hududlarga provinsiyadagi onalik va bolalikni muhofaza qiliş xizmatlarining qamrovi hamda sifatini belgilovçi körsatkiçlar, şuningdek, uşbu xizmatlarni yaxşilaşga turtki böluvçi yondaşuvlar asosida taqsimlandi. “Plan Nacer” loyihasi böyiça moddiy yordam olgan provinsiyalarda çaqaloq dunyoga kelganida vazni me'yordan past bölişi ehtimoli 19 foizga kamaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tobora köproq aholi soğliqni saqlaş va ta'lim sohalarining yaxşilanişini talab qilmoqda. Masalan, Peruda fuqarolik jamiyati guruhlari tomonidan taşkil qilingan taşviqot tadbirlari 2006 yilgi saylovlar davrida bolalar masalasining siyosiy munozaralarda dolzarb mavzuga aylanişiga olib keldi.
Siyosatçilar ham, öz navbatida, beş yil içida bolalarda böy ösişining sekinlaşiş hollarini 5 foizga kamaytiriş böyiça aniq maqsad qöyib, bunga munosabat bildirdi. Mamlakat bu murakkab vazifani hatto ortiği bilan uddalay oldi: 2008 yildan 2016 yilga qadar beş yoşgaça bölgan bolalarda böy ösişining sekinlaşiş körsatkiçlari taxminan 15 foizga pasaydi. Bu har qanday holatda ham özgarişlarga erişiş imkoni borligini körsatuvçi yaqqol dalildir.