2018 yilning 24 may kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti qoşidagi Ğijduvon akademik litseyi binosida jinoyat işlari böyiça Ğijduvon tuman sudining sayyor sud majlisi bölib ötdi.
Uşbu sud majlisida tanişlariga “xolis” xizmat qilmoqçi bölgan bir guruh valyutafuruşlarga sud hukmi öqildi.
Voqea tafsilotlariga köra, 2018 yilning 17 mart kuni Gözal Kamolova (ism-şariflar özgartirildi) yölovçi avtomaşinasi içida tanişi Barotov Ravşanni körib qolgan. Özaro suhbat davomida Gözalning bir tanişiga AQŞ dollari kerakligini bilgan Ravşan özining “xolis” xizmatini taklif qilgan, ya'ni 80 million söm pul evaziga 9.700 AQŞ dollari olib berişni va'da qilgan.
Uyiga qaytgaç, bu taklifdan şubhalangan Gözal tanişi Feruz Ğafurovga uşbu holat haqida gapirib bergan. Feruz unga uşbu valyuta ayirboşlaş faoliyati noqonuniy ekanligini aytib, bu faoliyatga çek qöyiş maqsadida birgalikda Departamentning Ğijduvon tuman bölimiga murojaat qilişlarini taklif qilgan.
Bu holatdan bexabar Ravşan mömay daromad ilinjida tanişi Erkin Mahkamovga qönğiroq qilib, 80 million söm pulga AQŞ dollari topib berişni söragan. Erkin ham tekin daromaddan quruq qolişni istamagan holda “zanjir reaksiyasini davom ettirgan” va tanişi Nodir Karimovga telefon qilib 80 million söm pulga AQŞ dollari sotişni söragan. Narx kelişilganidan söng Ravşan Gözalga qönğiroq qilib, uçraşuv joyini va pullarni olib kelişini aytgan.
Oqibatda, 2018 yilning 17 mart kuni soat taxminan 16:00larda Buxoro şahri, Q.Murtazoyev köçasida joylaşgan “Paskual” kafesi yonidagi “Aviakassa” binosi içida fuqarolar Barotov Ravşan, Mahkamov Erkin va Karimov Nodirlar fuqaro Ğafurov Feruzga Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining 13.03.2018 yildagi kursi böyiça 78.958.582 sömga teng bölgan 9.700 AQŞ dollarining har bir AQŞ dollarini 8247,4 sömdan hisoblab, jami 80.000.000 sömga ayirboşlab berayotgan vaqtida uşlanib, ulardan jami 9.700 AQŞ dollari miqdoridagi valyuta qimmatliklari aşyoviy dalil sifatida olingan.











