AQŞ prezidenti Donald Tramp NATO sammiti arafasida alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan uçraşuvida Germaniyani «North stream» gaz quvuri va Rossiya byudjyetiga milliardlab dollar ötkazib berayotganini keskin tanqid qildi.

Jumladan, Tramp uçraşuvda uşbu sözlarni aytdi:

«Ta'kidlaşim joizki, Germaniya özini Rossiyadan himoya qiliş örniga u bilan yirik neft va gazga oid şartnomalarni imzolayotgani, Rossiyaga yiliga milliard-milliard dollar tölab berayotgani juda qayğuli.

Biz Germaniyani himoya qilamiz, biz Fransiyani himoya qilamiz, biz köplab davlatlarni himoya qilamiz, bu davlatlarning köpçiligi esa Rossiya bilan gaz quvurlari borasida şartnoma imzolaşadi va Rossiya ğaznasiga milliardlab dollar tölaşadi.

Biz sizlarni Rossiyadan himoya qilişimiz kerak, sizlar esa Rossiyaga pul bermoqdasizlar.

Öylaymanki, bu aslo maqbul holat emas. Germaniyaning sobiq kansleri gaz yetkazib beruvçi kompaniyaga rahbarlik qilmoqda. Rossiya esa gaz yordamida Germaniyaning 70 foizini nazorat qilmoqda. Qani aytingçi, bu maqbul holatmi? Men lavozimga kirişganimning dastlabki kunidanoq şikoyat qiliş, heç qaçon yöl qöyiş mumkin bölmagan narsaga yöl qöyiş?

Germaniya töliq Rossiya tomonidan nazorat qilinadi, çunki bu mamlakat iste'mol qilayotgan energiyaning 60–70 foizi Rossiyadan yangi gaz quvuri orqali keladi.

Endi ayting, bu maqbul holatmi? Menimça, yöq. Fikrimça, bu NATO uçun juda yomon. Bunaqa holat bölişi mumkin emas. Şuningdek, bu holatni Germaniya bilan ham muhokama etişimiz kerak, deb öylayman.

Bularning barisiga qöşimça ravişda Germaniya [NATOga YaIMining] 1 foizdan ortiqroğini ötkazadi, AQŞ esa bir neça karra kattaroq bölgan YaIMidan real raqamlarda 4,2 foiz ötkazadi. Bu holat ham, menimça, maqbul emas.

Biz Germaniyani himoya qilamiz, biz Fransiyani himoya qilamiz, biz barçani himoya qilamiz, biz mudofaa uçun juda katta pullarni sarflamoqdamiz. Bu holat önlab yillardan buyon davom etib kelmoqda».