Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ta'til vaqtida 16 yoşli nabirasi Karimguli bilan sport va badiiy ijodiyot bilan şuğullanişga qaror qildi.
Turkmenportal hukumat axborot resursining ma'lum qilişiça, prezident ta'tilni “Avaza” milliy turistik zonasida ötkazmoqda. Berdimuxamedov va uning nabirasi jismoniy rivojlanişga vaqt ajratib, söngra birgalikda şe'r yozib, uni rep usulida ijro etişdi.
“Turkmaniston prezidenti hordiq vaqtida musiqa yoki yozuvçilik va ilmiy iş bilan şuğullanişga doim vaqt ajratişga harakat qiladi”, deb aytilgan xabarda.
Uşbu jarayon turkman televideniyesi tomonidan kameralarga muhrlangan.
Qöşiq quyidagiça boşlanadi: “Sport! Turkmaniston! Gözal Avaza!”. Berdimuxamedov nabirasiga şe'rni ijodiy yondaşgan holda ingliz tiliga tarjima qilişni tavsiya qilgan. Nabira bobosi şe'rini tarjima qilib, unga musiqa yarata boşlagan.
Berdimuxamedov sintezatorda, nabirasi esa gitarada musiqa çalib, qöşiqni rep usulida ijro etişgan.











