AQŞ prezidenti Donald Tramp Fransiya yetakçisi Emmanyuel Makron bilan uçraşuvda uning nima haqida gapirganini tuşunmaganini aytib hazil qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Tramp va Makron Bryusselda bölib ötayotgan NATO sammiti doirasida uçraşişdi. Tramp Makronni döst deb atadi hamda Fransiya va AQŞ örtasidagi samarali hamkorlikni e'tirof etdi. Öz navbatida, Makron AQŞ prezidentiga 2017 yilda Parijda Bastiliyaning oliniş kuni bayramidagi uçraşuvlarini fransuz tilida eslatdi.
“Judayam çiroyli, lekin u nima haqida gapirganini tuşunmadim”, — dedi Tramp unga javoban va atrofdagilarning kulgisiga sabab böldi. Şundan söng Makron öz sözlarini Amerika prezidentiga ingliz tilida aytdi.
Avvalroq NATO sammiti arafasida Tramp faqatgina alyans boş kotibi Yyens Stoltenbergga yoqişini aytib hazillaşgandi.












