WhatsApp messenjerida yolğon xabarlarga qarşi yangi funksiya kiritildi.

Messenjerning oxirgi versiyasida xabarni jönatuvçi kimligini biliş imkonini beruvçi “yuborilgan xabar” belgisi paydo böladi.

“Şu belgi evaziga sizga yuborilgan xabar haqiqatan döstingiz yoki yaqiningiz tomondan yozilgani yoki sizga boşqa odam yozgan xabarni jönatişganini bila olasiz”, deyilgan messenjer saytidagi xabarda.

Kompaniya xabarlaringizni jönatişda ehtiyotkor bölişga çaqirgan. WhatsApp’da ta'kidlanişiça, nomaqbul kontaktni bloklaş mumkin.