«Çelsi» boş murabbiy lavozimida işlab kelgan Antonio Konte bilan xayrlaşganini rasman e'lon qildi. Klub rasmiy saytida bu töğrida qisqaça bayonot joylaştirilgan.
«Kontening ustozlik davrida biz oltinçi marta APL, sakkizinçi marta Angliya Kubogida ğolib çiqdik. Biz çempionlikka erişgan mavsumda Premer liganing 38 öyinidan 30tasida ğalabaga erişib, klub rekordini örnatdik. Şuningdek, liganing 13 öyinida ketma-ket ğalaba qozonişimiz ham rekord körsatkiç böldi.
Antonioning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz», - deyiladi bayonotda.
48 yoşli italiyalik mutaxassis 2 yil davomida «Çelsi»ga ustozlik qildi. Uning qöl ostida «köklar» jami 106 rasmiy uçraşuvda maydonga tuşib, 69ta ğalaba, 17ta durang va 20ta mağlubiyat qayd etişdi.
«Çelsi» boş murabbiyi lavozimiga Mauritsio Sarri kelişi kutilmoqda.












