Hindistonning Tata kompaniyasi özining Tata Nano xetçbekining oxirgi nusxasini işlab çiqardi. Automotive News naşri ma'lumotlariga köra, kompaniya avtomobillarni işlab çiqarişni davom ettiriş befoyda degan qarorga kelgan, çunki uşbu avtomobildan 2018 yilda bor-yöği bir dona sotilgan.

Tata Nano 2008 yilda taqdim qilingan va 2 ming dollar narx bilan savdoga çiqarilgan. Maşinaning takomillaşganroq versiyasi qimmatroq, biroq 3,1 ming dollardan oşmagan narxdan sotilgan. Şu sababli maşina dunyodagi eng arzon maşina hisoblangan. Kompaniya egalarining tan olişiça, aynan şu jihat avtomobilning nufuziga salbiy ta'sir qilgan.