Qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkaziş böyiça işlar samaradorligini oşiriş va bunda yangi yondaşuvlarni joriy etiş maqsadida Adliya vazirligi tomonidan «Adliya axboroti» nomli brifing har hafta taşkil etilib kelinmoqda.
Şunga köra, uşbu hafta davomida qabul qilingan bir qator muhim masalalar böyiça qonun hujjatlari haqida aholiga ma'lumot beriş maqsadida 2018 yilning 13 iyul kuni «Adliya axboroti» nomli brifing ötkazildi.
Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berişiça, brifingda 2018 yil 9 iyulida Prezident tomonidan imzolangan «Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi töğrisida»gi Qonun, «Ösimliklar karantini töğrisida»gi Qonun, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi 3836-son «Özbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirişi tartibini optimallaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi»gi qaror kabi qator qonun hujjatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Brifingdan söng taşkil etilgan matbuot anjumani Tijorat banklarida jismoniy şaxslar bilan valyuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşiriş qonunçiligi mavzusiga bağişlandi. Unda uşbu masala yuzasidan Valyutani tartibga soliş va tölov balansi departamenti vakillari katnaşdi.
Ta'kidlanişiça, tijorat banklarida jismoniy şaxslar bilan valyuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Nizomda şikastlangan çet el valyutasini muomalaga yaroqli deb topiş asoslari ham körsatilgan.
Xususan, quyidagi şikastlaniş belgilari mavjud bölgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy tölov vositasi hisoblanadi:
- tasvirini (şaklini) aniqlaş imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bölsa;
- enining (böyining) törtdan bir qismidan oşmagan yopiştirilgan yirtiqlarga ega bölsa;
- qöyilgan burçaklari yoki qismlari (1 sm.dan oşmagan) bölsa hamda yirtib olingan burçaklari yoki qismlar aniq uşbu banknotaga tegişli bölsa;
- mayda doğlar, yozuvlar, ştamp izi (bunda yozuv yoki ştamp izi ikki donadan oşmagan bölişi lozim) bölganda hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlaşga xalaqit bermaydigan asosiy himoya belgilaridan birining 50 foizidan ortiğini tösib qöymagan bölsa;
- banknotada diametri 1 millimetrdan oşmagan va ikkitadan köp bölmagan teşiklar bölsa.
Sözga çiquvçilarning bildirişiça, tijorat banklari tomonidan jismoniy şaxslarning şikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboşlaş yoki şu turdagi şikastlanmagan banknotlarga almaştiriş, maydalaş, yiriklaş hamda konversiya operatsiyalarni amalga oşirişni rad etişga yöl qöyilmaydi.












