AQŞ prezidenti Donald Trampning Twitter-akkauntidagi obunaçilar soni mazkur servisdagi şubhali akkauntlar tozalovidan söng 300 ming kişiga kamaydi.
TASS agentligining xabar berişiça, Oq uy rahbarining mikroblogini öquvçilar soni 53,4 mln kişidan 53,1 mln kişiga tuşib qolgan.
Twitter ma'muriyati 12 iyul kuni şubhali akkauntlarning öçirib taşlangani haqida ma'lum qildi. «Tozalov»dan maqsad obunaçilar sonini «ahamiyatli va aniq» qilişdan iborat. Ijtimoiy tarmoq vakillari folloverlar soni muntazam ravişda kamayib borişini, bu ayniqsa ommabop akkauntlarda sezilarli bölişini bildirdi.
Tramp bilan birga AQŞning sobiq rahbari Barak Obama, xonandalar Jastin Biber, Ketti Perri, Teylor Svift va Rianna ham ançagina öquvçilarini yöqotişgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda obunaçilar sonini oşiriş va bloglarni ommalaştiriş uçun tez-tez soxta akkauntlar yaratiladi.












