2018 yilning aprel oyida jinoyat işlari böyiça Navoiy viloyatining Uçquduq tuman sudida oçiq sud majlisi bölib ötdi. Sud J.Karimov raisligida ötkazildi. Sudlanuvçi Qarşiyev Jamşid Astanaquloviçga nisbatan jinoyat işi körib çiqildi.
Aniqlanişiça, sudlanuvçi J.Qarşiyev 2018 yilning fevral oyi davomida bir qança jinoyatlarga qöl urgan. Yöl kira haqini bermay janjal çiqarib, taksi haydovçisi A.Raxmonovga “Soğlikning buzilişiga olib kelgan yengil tan jarohati” yetkazgan. Şuningdek, tanişi Uçquduq tumani “Yölçilar” ovul fuqarolar yiğini, 330-uyda yaşovçi Norov Abbos Şukurillayeviçning yaşaş hovlisiga birga spirtli içimlik iste'mol qiliş maqsadida borib, xonadonda A.Norovni uxlab yotganligini körib, uning xonasiga ğayriqonuniy ravişda kirib, xonada bölgan bozor narxi 600.000 sömlik “Samsung J-1” rusumli telefonini yaşirin ravişda öğirlagan. Bundan taşqari, A.Norovga tegişli “Neksiya” rusumli 80 R 454 NA davlat belgili avtomaşinasini olib qoçib, avtomaşinadagi jami 670.000 söm naqd pullarni yaşirin ravişda talon-taroj qilgan.
Sud ayblanuvçi J.Qarşiyevga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş), 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (öğirlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) va 267-moddasi 1-qismida (transport vositasini olib qoçiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybli, deb topildi. Şuningdek, JKning 59-moddasiga (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) asosan, tayinlangan jazolarni qisman qöşişlik yöli bilan ötaşlik uçun qat'iy 4 (tört) yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Hukmdan norozi tomonlar hukm e'lon kilingan kundan, sudlanuvçi va jabrlanuvçilar esa hukm nusxasini olgan kundan boşlab ön sutka muddat içida şu sud orqali jinoyat işlari böyiça Navoiy viloyat sudiga apellyatsiya tartibida, hukm qonuniy kuçga kirgaç kassatsiya tartibida şikoyat yoki protest keltiriş huquqiga ega ekanligi tuşuntirildi.










