AQŞning Missuri ştati Sent-Luis şahri qasamyod qilgan maslahatçilar sudi Johnson&Johnson korporatsiyasini Baby Powder bolalar upasidan foydalanişganidan söng tuxumdonlar saratoniga uçraganini ta'kidlagan ayollarga 4,69 milliard dollar kompensatsiya tölaş haqida qaror çiqardi, deb xabar beradi St.Louis Post-Dispatch.
Sud majlisi davomida 22 nafar ayolning da'vosi körib çiqildi, ulardan 6 tasi saraton tufayli vafot etgan bölib, ayollarning qarindoşlari tomonidan sudga da'vo arizasi kiritilgan. Ularning barçasi onkologik kasallik upa tarkibiga kiruvçi asbest tufayli kelib çiqqanini ta'kidlaşgan.
Sud da'vogarlarga moddiy zarar uçun 550 million dollar, ma'naviy zarar uçun 140 million dollar tölaş haqida qaror çiqardi.
Johnson&Johnson korporsiyasidagilar «sud qaroridan nihoyatda taajjubga tuşişgani»ni e'lon qilişdi va apellyatsiya berişlarini ta'kidlaşdi.
Bu korporsiyaga qarşi birinçi ayblov emas. Ilgari bolalar upasidan 1950 yildan 2016 yilgaça foydalangan amerikalik ayol ham Johnson & Johnson ustidan sudga murojaat qilgan edi.
Bir neça yil avval unga tuxumdonlar saratoni taşxisi qöyilgan, şunda ayol kasallik «talkning asossiz xavfli va sifatsiz xossasi natijasi» degan xulosaga kelgan. Avvaliga sud uning tarafiga ötib, korporatsiyaga 417 million dollar tölaş majburiyatini yuklagan, biroq yuqori instansiyadagi sud bu qarorni bekor qilgan.












