FDA’ning ta'kidlaşiça, vaksinaning bir neçta partiyasi ifloslangani sababli qöllaş uçun yaroqsiz bölişi mumkin. Boşqarma körsatmasiga köra, Johnson & Johnson vaksinasini işlab çiqaruvçi Emergent BioSolutions kompaniyasi koronavirusga qarşi vositani işlab çiqarişni töxtatgan. Çunki zavod xodimlari unga boşqa bir vosita – AstraZeneca vaksinasi komponentlarini qöşib yuborişgan.

Johnson & Johnson vaksinasi xavfsiz ekaniga şubha paydo bölişi va şu sababli unga AQŞda talab pasaygani bir marta kiritiluvçi uşbu vositaning ommaviy qöllaniş sur'atini pasaytirdi. AQŞda işlab çiqarilgan 21 mln doza vaksinadan yarmi qöllanmay qolib ketgan.

Ayni vaqtda FDA Baltimordagi zavodda işlab çiqarilgan AstraZeneca vaksinasining millionlab dozasini tekşirmoqda. Uşbu vaksinadan 10 mln dozasi qöllaş uçun ma'qullangan.

Avvalroq AQŞ mutasaddi idoralari Johnson & Johnson vaksinasi bilan emlaşni töxtatişni tavsiya etgan. Şundan keyin Yevropaning bir qator davlatlarida ham uşbu tavsiyaga amal qilingan.

Johnson & Johnson vaksinasi kuçsizlantirilgan adenovirus negizida işlab çiqilgan. U ikkinçi dozaning kiritilişini talab qilmaydi va muzlatkiçda bir neça oy davomida saqlanişi mumkin.