Daniya soğliqni saqlaş boşqarmasi Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarşi vaksinasini qöllaşdan voz keçdi.
Daniya soğliqni saqlaş vaziri Magnus Xeunikening ta'kidlaşiça, bu qaror vaksina emlanganlarda «noodatiy» tromblar hosil qilişi bilan boğlangan.
Daniyaga yetkaziladigan jami koronavirusga qarşi vaksinalarning uçdan bir qismiga töğri kelgan J&J vaksinasi emlaş dasturidan çiqarilişi mamlakatda emlaş jarayoniga sezilarli ta'sir qilişi mumkin.
Avvalroq Yevropaning boşqa davlatlarida ham J&J vaksinasi qöllanişi yuqoridagi sababga köra töxtatilgandi.

















