May oyida 61 yoşga tölgan Gorski kelgusida ijroçilik vazifalariga ega direktorlar kengaşi rahbari lavozimini egallaydi.

Gorski Johnson & Johnson’ga 9 yil rahbarlik qilgan. U boş direktor lavozimidan ketişi haqidagi bayonotida endilikda e'tiborini oilaviy işlarga qaratmoqçiligini ma'lum qilgan.

Kompaniya Gorskining rahbarligi vaqtida işlab çiqaradigan mahsulotlari turini köpaytirgan va öz moliyaviy holatini mustahkamlagan. Hozirda kompaniya dori-darmondan tortib kontakt linzalar va gigiyena vositalarigaça bölgan turli-tuman mahsulotlarni işlab çiqaradi.

Kompaniyaning 2021 yil 2-çoragidagi savdolari hajmi 27 foizga oşib, 23,3 mlrd dollarga yetgan. Uning kapitallaşuvi hozirda 470 mlrd dollardan köproqni taşkil qilmoqda.

Şu bilan birga, Gorski rahbarligi vaqtiga kompaniyaga qarşi bir neçta uzoq davom etgan tortişuvlar töğri kelgan. Şu yil iyul oxirida kompaniya “opiod epidemiyasi” işi böyiça 5 mlrd dollar kompensatsiya tölaşga rozi bölgan.