"Liverpul" özining rasmiy saytida Şerdan Şaqirining transferini e'lon qildi. Şveytsariyalik futbolçi "Liverpul" safiga "Stok Siti"dan kelib qöşildi va jamoa bilan uzoq muddatlik şartnoma imzolagan.

Şaqiri "Stok Siti"da 2015 yildan buyon töp surayotgan edi. Bunga qadar u "Bazel", "Bavariya" va "Inter" klublarida öynagan.
26 yoşli yarim himoyaçi ötgan mavsum APLda 36ta öyinda maydonga tuşib, 8ta gol va 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.












