Ozarboyjon va Ukraina maxsus xizmatlari kömagida turk muxolifatçisi Fathulla Gulen tarafdorlarini uşbu davlatlardan Turkiyaga olib çiqiş böyiça operatsiya amalga oşirildi. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin ma'lum qildi.
Anadolu axborot agentligining ma'lum qilişiça, Turkiya milliy razvedka taşkiloti Ozarboyjon va Ukrainadan Turkiyaga Gulen taşkilotining (FETO) ikki yuqori martabali a'zosini yetkazgan. Ma'lum qilinişiça, Turkiyaga yetkazilgan Iso Özdemir va Solih Zaki “qurollangan terrorçilik taşkiloti”ga a'zolikda ayblanmoqdalar.

Turkiya hukumati Gulen taşkilotini 2016 yil iyuldagi davlat töntaruviga urinişga aloqadorlikda ayblab keladi. Hozirda AQŞda yaşaydigan Gulenning özi töntaruvni qoralagan va unga bildirilgan ayblovlarni rad etgan.
















