Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Farğona şahrida 16 iyul kuni Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda bilan uçraşadi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari, yetakçi iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari örin olgan delegatsiyalarga boşçilik qilayotgan hukumat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini körib çiqadi.

Xususan, oliy darajadagi Özbekiston—Tojikiston uçraşuviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilinadi.