Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Tramp va Putin uchrashuvidan nimalar kutayotganini ma'lum qildi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvidan nimalar kutayotganini ma'lum qildi. U bu haqda Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida aytdi.
Maas Trampni Rossiya yetakchisi bilan kelishish xavfli ekanligidan ogohlantirdi.
«Hamkorlar zarariga bo‘ladigan bir tomonlama kelishuvlar oxir-oqibat AQShning o‘ziga zarar yetkazadi», — dedi vazir.
U Berlin Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muloqotga ijobiy yondashishini va sammit «yadroviy qurolsizlanishga turtki berishi»ga umid qilishini aytdi.
«Biz har doim Rossiya bilan muloqot zarur ekanligini aytib kelganmiz. Vashington va Moskva bir-biri bilan suhbatga kirishishgani yaxshi», — degan tashqi ishlar vaziri.
11 iyul kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Donald Trampning Berlin to‘laligicha Rossiya nazorati ostida ekanligi haqidagi so‘zlariga javob qaytargandi.
«Germaniyaning bir qismi Sovet Ittifoqi tomonidan nazorat qilingan davrni o‘z boshimdan kechirganman. Bugun biz ozod GFRda hamjihat ekanligimizdan judayam xursandman. Shu bois biz mustaqil siyosat olib boramiz va mustaqil qaror qabul qilamiz deb ayta olamiz», — degandi kansler.
Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokara 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tadi. Muzokara uchun 3 soat 15 daqiqa ajratilgan.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
15:58 / 25.12.2025
«Otuvga yoki hibsga tayyorman». NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida
10:55 / 25.12.2025