Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey AQŞ prezidenti Donald Tramp unga mamlakatning YeIdan çiqişini muhokama qiliş örniga Yevroittifoqni sudga berişni taklif qilganini aytdi. U bu haqda VVS telekanalining «Endryu Marr şousi» körsatuviga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Dastur olib boruvçisi Meydan Trampning Tereza Meyga «kuçli maslahat» bergani haqidagi sözlarini izohlaşni söradi.
«U menga YeIni sud qiliş kerakligini aytdi. Ular bilan muzokara olib boriş emas, sudga beriş kerakligini. Ammo qiziği, öşa matbuot anjumanida u muzokaralardan voz keçmaslik kerakligini aytdi. Şuning uçun muzokaralar stoliga ötiriş va Buyuk Britaniya uçun eng maqbul kelişuv haqida kelişib oliş imkoniyati bölişini istardim»,— dedi boş vazir.
«Breksit» oqibatlari AQŞ prezidentining Londonga taşrifi davomidagi muhim mavzulardan biri böldi. Donald Tramp Buyuk Britaniya tomonidan tanlangan YeIdan «yumşoq» çiqiş strategiyasi Londonning Vaşington bilan tuzadigan bölajak şartnomasini «öldirişini» aytdi. Mey xonimning özi bu strategiyani töğri deb hisoblaydi va fuqarolarni hukumatning YeIdan çiqiş böyiça rejasini qöllab-quvvatlaşni söramoqda.

















