Xitoy AQŞning Xitoy mahsulotlariga nisbatan qöşimça bojlar joriy etişni rejalaştirgani munosabati bilan Jahon savdo taşkilotiga (JST) murojaat qildi, deyiladi XXR tijorat vazirligi bayonotida.
Avvalroq Vaşington Xitoydan keltiriladigan yiliga 200 milliard dollarlik mahsulotlarga 10 foizlik qöşimça çeklov joriy etişini bildirgandi. Pekinda bu harakat nomaqbul deb baholandi va zudlik bilan JSTga murojaat qilişga va'da berişdi.
Eslatib ötamiz, aprel oyi boşida Qöşma Ştatlar Xitoy Amerika mahsulotlariga bölgan intellektual huquqlarni buzgani uçun 1,3 mingta Xitoy mahsulotlariga import boji kiritişini ma'lum qilgandi.
Öz navbatida Xitoy davlat kengaşi ştatlardan import qilinadigan 106 nomdagi mahsulotga 25 foizlik bojlarni joriy etişga qaror qildi.
Iyun oyi örtalarida AQŞ XXRda işlab çiqarilgan mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etdi, bu Amerikaga import qilinadigan Xitoy mahsulotlarining öndan bir qismiga nisbatan qöllanildi.
Xitoy ham öz navbatida AQŞdan import qilinadigan 659 nomdagi mahsulotga 25 foizlik kiriş boji joriy etişini ma'lum qildi.












