Şimoliy Koreya KXDR taşkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan amnistiya ötkazadi. U 9 sentabrda nişonlanadi, deb xabar qilmoqda Koreya markaziy telegraf agentligi.
KXDR Oliy xalq kengaşi prezidiumi "vatani va xalqiga qarşi jinoyat qilganlar"ni keçiriş töğrisidagi hujjatni tasdiqladi. U 1 avgustdan kuçga kiradi. Biroq ozodlikka çiqadigan mahbuslar soni haqida xabar qilinmagan.
Şimoliy Koreya sönggi marotaba 3 yil avval amnistiya aktini qöllagan edi. Öşanda Koreya mehnat partiyasi taşkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan amnistiya hujjati qabul qilingandi. Bundan avval 2012 yili respublika asosçisi va birinçi rahbari Kim Ir Sen tavalludining 100 yilligi, uning öğli va vorisi Kim Çen Irning 70-yilligi munosabatlari bilan amnistiya e'lon qilingan edi.












