Toşkent şahar bojxona boşqarmasi “Keles” temir yöl çegara bojxona posti xodimlari boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda “Astana-Samarqand” yönalişi böyiça Özbekistonga kirib kelgan yölovçi taşiş poyezdi yölovçilarining qöl yuklarini bojxona körigidan ötkaziş vaqtida qonunbuzarlik holatini foş etişdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati Kun.uz'ga xabar qilmoqda.
Ma'lum qilinişiça, fuqaro O.S. vagonning oşxona jihozlari turadigan şkafning pastki qismida joylaşgan maxsus joyda umumiy qiymati 2 000 000 sömlik jami 120 dona EZ Revolution cartridges nomli inson badanini tatuirovka qiliş uçun möljallangan ignalarni yaşirib yurtimizga olib kirmoqçi bölganlikda gumonlanmoqda.
Bojxona nazorati jarayonida oşxona şkafidagi qutilar ostida 1 dona qora rangli polietilen paket örami ham yaşirilib qöyilganligi ma'lum böldi. Uşbu polietilen paket örami xolislar iştirokida oçib körilganda, uning içida polietilen paket parçalariga öralgan, giyohvandlik vositasiga öxşaş xaşaksimon ösimlik borligi aniqlandi.
Özbekiston Respublikasi IIV Ekspert kriminalistik markazining xulosasiga asosan uşbu aniqlangan giyohvandlik vositasiga öxşaş xaşaksimon ösimlik vazni 20,71 gr.ni taşkil etuvçi “Marixuana” giyohvandlik vositasi, deb topildi. Hozirda uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.












