Argentina futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa boş murabbiyi Xorxe Sampaolini iste'foga çiqardi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar bergan.

Şuningdek, jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy hamda videotahlilçi Matias Manna bilan ham hamkorlik töxtatilgan.

Bundan avvalro Argentinadagi naşrlar Sampaoli bilan şartnoma muddatidan avval töxtatilişi tufayli mutaxassisga 8 million dollar miqdorida tovon puli tölanişi kerakligi haqida xabar tarqatgandi. Keyinroq tomonlar 2 million dollarlik tovon puli böyiça kelişuvga erişgani xabar qilindi.

Sampaoli Argentina termasini 2017 yilning iyunida qabul qilib olgandi va 5 yillik şartnomaga imzo çekkandi. U bu lavozimda 2017 yil aprelida JÇ-2018 saralaş bosqiçida Boliviyadan uçralgan mağlubiyatdan (0:2) keyin iste'foga çiqarilgandi. Sampaoli Argentina bilan saralaş turnirida oxirgi turdagi ğalaba evaziga uçinçi örinni oldi va mundialga töğridan-töğri yöllanmani qölga kiritdi.

JÇ-2018 turnirida Argentina terma jamoasi guruh bosqiçida D guruhida islandlar bilan durang öynadi (1:1), xorvatlarga mağlub böldi (0:3) va Nigeriyani yengib (2:1), ikkinçi örin bilan pley-offga yöl oldi. Nimçorak finalda esa Argentina bölajak çempion Fransiyaga yutqazdi - 3:4.

Sampaoli 2012-2016 yillarda Çili terma jamoasini boşqargan. U çililiklar bilan 2015 yili Amerika Kubogida ğolib çiqqan, öşanda finalda Çili Argentinani penaltilar seriyasida yenggandi. 2016 yilning iyunida Sampaoli «Sevilya» klubiga boş murabbiy bölgandi, ammo terma jamoadan taklif tuşganidan keyin şartnomani bekor qildi.